Zimbabveda mamlakatga yopirilgan “Idai” tropik dovuli oqibatida kamida 65 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qidiruv-qutqaruv xizmatlari tabiiy ofat minglab odamga tahdid solgan Manikaland provinsiyasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Shuningdek, Chipinge va Chimaniman provinsiyalarida ham aholini shoshilinch evakuatsiya qilish talab etilmoqda.
Kuchli yomg‘irlar 5 ta yirik ko‘prikni yuvib ketganligi sababli tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga yetib borish qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Izoh (0)