Yoqutiston poytaxti Yakutskda 17-mart kuni kechki payt migrantlarga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Ushbu shaharda yashovchi ayol migrantlardan tomonidan zo‘rlangani haqidagi xabarlardan so‘ng uyushtirilgan mitingga 200 nafarga yaqin odam to‘plandi, deya xabar beradi Meduza.
Rossiya Tergov qo‘mitasining respublika boshqarmasiga ko‘ra, 17-mart kuni tongda ayol mashinaga majburlab o‘tqazilgan va noma’lum yo‘nalishda olib ketilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib u huquq-tartibot idoralariga zo‘rlangani haqidagi ariza bilan murojaat qilgan.
Ayol o‘g‘irlanishi va zo‘rlanishida Markaziy osiyolik uch nafar shaxs gumon qilinmoqda. Ulardan biri qo‘lga olingan.
Yakutskdagi masjid mitingdan so‘ng politsiya tomonidan qurshab olingan.
Izoh (0)