Efiopiyada halokatga uchragan Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 MAX 8 samolyoti qurbonlari yaqinlariga tuproq berildi, deb xabar berdi CNN.
Addis-Abeba shahriga yaqinlarining jasadini olishga kelgan fuqarolar halokat sodir bo‘lgan hudud tuprog‘i solingan qopchalar olgan.
Tana qoldiqlarini DNK tekshiruvi bo‘yicha shaxsni aniqlash jarayoni tugamagunga qadar olib bo‘lmaydi. Efiopiya transport vaziri Dagmavit Mogesning so‘zlariga ko‘ra ushbu jarayon olti oygacha davom etishi mumkin.
17-mart kuni fransiyalik ekspertlar halokatga uchragan samolyot borti o‘ziyozari ma’lumotlarini rasshifrovka qilgan va ushbu yozuvni eshitmasdan, avariya sabablarini o‘rganayotgan Efiopiyadagi guruhga taqdim etgan.
Boeing 737 MAX 8 samolyoti Efiopiyada 10-mart kuni havoga ko‘tarilganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgach halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 157 kishining barchasi halok bo‘ldi.
Izoh (0)