Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomaktablarga litsenziyani onlayn usulda qayta rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.
Xizmat to‘liq “avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini taqdim etish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish” deb nomlangan.
U yuridik shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning (EKIHning 1 barobari) 50 foizi undiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani o‘n ish kunida ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)