16-mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki turkumini Qozog‘istonga eksport qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya Qozog‘istonning Kustanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.
Shuningdek, joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksporti amalga oshirildi.
Izoh (0)