Maykl Jeksonning qizi Peris ayni damda kasalxonadan uyiga qaytgan, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, pop-qirolning 20 yoshli qizi og‘ir vaziyatga tushib, shifokorlarning yordamiga muhtoj bo‘lgan.
“U hozir uyda, ahvoli yaxshi”, — deydi manba. Hodisa haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Shanba kuni TMZ nashri Peris Jekson o‘z joniga qasd qilishga urungani sababli kasalxonaga yotqizilganini xabar qilgandi. Keyinchalik, qiz o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali TMZ jurnalistlarini yolg‘onchi deb atagan, lekin portal tomonidan nashr qilingan aynan qaysi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini yozmagan.
People jurnali, xususan, Los-Anjeles politsiyasining bayonotini keltirib, huquq-tartibot idoralari shanba kuni ertalab Peris Jekson yashaydigan uyda, kimdir o‘z joniga qasd qilishga uringanligini tasdiqlaganligini yozgan. Politsiya aynan kimlar haqida gap ketayotgani aniq aytmagan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonadagi qiz o‘zi yoki boshqalarga tahdid soladigan va maxsus nazoratga muhtoj bemorlar uchun alohida bo‘limga joylashtirilgan.
Izoh (0)