Ruminiyalik tadbirkor Stefan Mandachi mamlakatda mavjud zaif yo‘l infratuzilmasiga norozilik bildirish maqsadida 1 metr uzunlikda avtomobil yo‘li qurdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Fast-fud restoranlar tarmog‘i sohibi bo‘lgan tadbirkor avtomagistral yo‘li umuman mavjud bo‘lmagan Suchava shahrida avtomagistralning bir metrli qismini o‘z mablag‘lari hisobidan (4400 yevro) qurdi.
Ruminiya Yevropa Ittifoqidagi eng qisqa avtomagistral tarmog‘iga ega bo‘lib, bu yo‘l mamlakat bo‘ylab atigi 806 kilometrni tashkil qiladi.
Ochilish marosimida jurnalistlar va Suchava shahar hokimi ishtirok etdi.
Izoh (0)