Buxoro viloyat hokimligi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi faoliyatini 2019-yilning 1-martidan boshlab qonuniylashtirgan norasmiy ishchilar, tadbirkorlar va ish beruvchilar uchun aksiya e’lon qildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
2019-yilning 1 -martidan boshlab norasmiy mehnat faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangidan mehnat shartnomasi tuzish orqali qonuniylashtirgan, yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tganiga yoki faoliyatini tiklagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, faoliyatini qonuniy rasmiylashtirganiga kamida 2 oy to‘lgan norasmiy ishlayotgan fuqarolarning ish beruvchisi ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylashtirgan shaxs mehnat daftarchasi va pasportidan hamda yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki faoliyatini tiklagan tadbirkorlar esa tadbirkorlik guvohnomasining nusxasini shuningdek, ish beruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga qabul qilingan ishchilarining ismi sharifi, STIR, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bo‘yruq nusxasi viloyatning hududiy davlat soliq inspeksiyalari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga taqdim etilishi shart.
Ushbu aksiya adashgan va xato qilgan ish beruvchilar, tadbirkorlar hamda mehnat daftarchasisiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdaga xizmat qiladi.
Aksiyaning dastlabki bosqichi 5-iyun kuni, ikkinchi bosqichi 4-sentabr kuni, uchinchisi esa 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur aksiya ishtirokchilariga dazmol, mobil telefon, changyutgich, elektr choynak, mikroto‘lqinli pech, televizor, muzlatgich va velosiped kabi qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Izoh (0)