Velotrek bo‘yicha uch karra jahon chempioni, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi 23 yoshli Kelli Ketlin o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda VeloNews xabar berdi.
Amerikalik sportchining jasadi 8-mart juma kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi uyidan topilgan.
Uning otasi Mark Ketlin qizining vafoti belgilarini oshkor etmagan. “U haqda o‘ylamasdan bir daqiqamiz ham o‘tmayapti, axir u ajoyib umrni yashab o‘tishi mumkin edi”, — deydi Mark.
Kelli Ketlin velotrek bo‘yicha AQSh terma jamoasi tarkibida 2016-yildan 2018-yilga qadar ketma-ket uch yil davomida jahon chempioni bo‘lgan. 2016-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida u kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Ketlin Stenford universitetida matematika bo‘yicha magistrlik darajasini ham olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)