Daryo

Toshkentdagi omborda yirik yong‘in yuz berdi (video)

Uni o‘chirishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi

1 daqiqa o‘qish7 727 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Sergeli tumanida omborda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, 14-may kuni soat 11:03 da Nilufar ko‘chasidagi omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Soat 11:05 da 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olingan va soat 13:31 da batamom o‘chirildi.

Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev va vazirning birinchi o‘rinbosari Sanjar Zuparov ham yetib borgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Ayni paytda yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar