Tergovchilar Vladimir viloyatidagi quymoq yeyish musobaqasi g‘olibi vafot etgach, tergov ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Hozirda g‘olibning o‘limi bo‘yicha tergov ishlari o‘lib borilmoqda. U quymoq yeyish tanlovida qatnashib, g‘olib deb e’lon qilinganidan so‘ng vafot etgan. Natijalar e’lon qilinganida u o‘zini yaxshi his qilmay, chetroqqa o‘tgan va halok bo‘lgan. Tez yordam xodimlari yetib kelgan, ammo erkakni qutqara olmagan. Ekspertiza uning o‘limi sababini aniqlaydi, lekin u kishi juda ko‘p quymoq yegan”, — deydi nazorat-taftish guruhi rahbari katta yordamchisi Minina.
Politsiyaga xabar berilishicha, erkak 8-mart kuni Vladimir viloyati Suzdal prospekti 8-uyda “Ruskino” ko‘ngilochar-kino kompleksi yaqinida vafot etgan.
“Ko‘ngilochar kompleksda Maslenisa bayrami bo‘layotgan edi. U yerda quymoq yeyish musobaqasi o‘tkazildi. Moskva vaqti bilan soat 16:30 atrofida erkakning mazasi qochib, hushidan ketgan va vafot etgan”, — deydi ko‘ngilochar kompleks qorovuli.
Izoh (0)