HeadHunter kompaniyasi O‘zbekistonda 2019-yilning ikki oyi davomidagi mehnat bozori sharhini tayyorladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Eng yuqori haq to‘lanadigan yo‘nalish “Ishlab chiqarish” bo‘ldi (maksimal maosh 14,7 million so‘m). Keyingi o‘rinlarda “Axborot texnologiyalari, internet va telekom ” (14,3 million so‘m) hamda “Turizm, mehmonxona, restoranlar ” (12,8 million so‘m) qayd etildi.
Eng past haq to‘lanadigan yo‘nalishlar “Sug‘urta” (1 005 378 so‘m), “Sport klublari, fitnes va go‘zallik salonlari” (2,2 million so‘m) hamda “Xavfsizlik” (2,7 million so‘m) bo‘ldi.
Izoh (0)