Bugatti kompaniyasi Jeneva avtosalonida La Voiture Noire modelini taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Yangilik yagona nusxada yig‘ilgan. Bu uni dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylantirdi.
La Voiture Noire Ettore Bugatti tomonidan 1909-yilda asos solingan Bugatti brendining 110 yilligiga bag‘ishlandi.
Soatiga 100 kilometr tezlikka 2,5 soniyada chiqadigan mashina narxi 16 million yevrodan baland. Uning xarid qilingan yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)