2019-yil 3-mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida 16 yoshli Sh.S. o‘zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli O.T.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida, O.T. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Sh.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)