Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” 3—6-mart kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “O‘zbekiston ovozi”

Foto: “O‘zbekiston ovozi”

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-martda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-martda kechasi 3o sovuq  — 2o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 4-martda kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 5-martda kechasi 2-7o sovuq, kunduzi 8-13iliq, 6-martda kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 8-13o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 4-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 5-6-martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, 3-martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 5-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 6-martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 10-15o iliq, 5-martda kechasi 3-8o iliq, kunduzi 8-13o iliq, 6-martda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 3-4-martda 13-18o iliq, 5-6-martda 11-16o iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 va 6-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o iliq, kunduzi 8-13o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 3-5-martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 6-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4-mart-da kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 3-8o iliq bo‘ladi, 5-6-martda kechasi 3-8o sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5o iliq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi