Namanganda bo‘lajak ixtirochilar o‘rtasida “Kelajak sari innovatsion texnologiyalar bilan!” festival-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida avtomodel, avia-raketa model, robototexnika, kemasozlik, informatika va kompyuter texnologiyalari kabi o‘ndan ziyod yo‘nalishdagi to‘garaklarga qatnashayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovning dastlabki saralash bosqichlarida Namangan shahri va tumanlardan 500 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, finalda 182 nafar o‘quvchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Tanlov doirasida “Aqlli tovuqxona”, “Ko‘rkam shaharcha”, “Ozoda hudud”, “Sayohatchi mikroavtobus” kabi modellar, shuningdek, bir necha o‘nlab avto, avia-raketa modellar, informatika va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha turli dasturlar hamda veb-saytlar namoyish etildi.
O‘qituvchilar festival-tanlov doirasida dars jarayonida o‘quvchilar faolligini axborot kommunikatsion texnologiyalar orqali oshirish, innovatsion baholash uslublari sifatida Plickers dasturini keng qo‘llash, multimedia vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirilishiga qaratilgan loyihalarni taqdim etdi.
Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov loyihalar bilan yaqindan tanishdi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ishlanmalariga yuqori baho berdi. G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Izoh (0)