Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi magistral yo‘lning Sirdaryo viloyatidan chiqish qismi vaqtincha yopib qo‘yildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ muxbiri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga ayni shu hududda Nexia rusumidagi avtomobil yonib ketgani sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishlidir. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar, barcha alanga o‘chirilishini kutib turgan.
Mashina ichida bo‘lganlarning alanga boshlangan vaqtda salondan chiqib ulgurgani aytilmoqda.
Ko‘ngilsiz hodisa sabablari haqida ma’lumot yo‘q. Olov qanday kelib chiqqani ham noma’lum bo‘lib turibdi.