2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 29-tur bahslari boshlandi.
Turning dastlabki o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning ikki klubi “Tottenhem” hamda “Arsenal” to‘qnash keldi.
Bellashuvning 16-daqiqasida “to‘pchilar” yarim himoyachisi Aaron Remzi hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqaga kelib Harri Keyn penaltidan Bernd Leno qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning 90-daqiqasida “shporlar” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Undan Pyer-Emerik Obameyang unumli foydalana olmadi. O‘yin so‘ngida esa Lukas Torreyra qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa London derbisida g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
APL
29-tur bahslari
2-mart, shanba
“Tottenhem”—“Arsenal” 1:1
Gollar: 0:1 – 16 Remzi, 1:1 – 74, penalti Keyn.“Tottenhem”: Lyoris, Trippier, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Rouz, Vanyama (Lamela, 59), Sissoko, Eriksen, Son (Lyorente, 79), Keyn
“Arsenal”: Leno, Mustafi, Sokratis, Kosyelni, Monreal, Jaka, Gunduzi (Torreyra, 46), Mxitaryan, Remzi (O‘zil, 72), Ivobi, Lyakazett (Obameyang, 56)
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (58), Lamela (63), Rouz (69), Jaka (74), Lyorente (84)
Chetlatish: Torreyra (90+5)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)