AQShda limfedemadan aziyat chekayotgan ikki yoshli qizcha liposaksiya qilindi. Bu unga qo‘llarini yana ishlata olishiga imkon berdi, deya yozadi Daily Mail.
Shifokorlar u tug‘ilganidayoq mushti shishganini payqagan, lekin shish vaqt o‘tib yo‘q bo‘lib ketishiga ishongan. Shish yo‘qolmagach, qizchaga limfa tizimining buzilishi — limfedema deya tashxis qo‘yilgan. Kasallik sabab bolaning qorni, oyoqlari va qo‘llarida suyuqlik to‘plangan. Qizning qo‘llari shunchalik kattalashib ketgandiki, kiyimining yengiga sig‘masdi. Qizcha qo‘li bilan biror narsani ham ushlay olmasdi.
Shifokorlarning aniqlashicha, bolaning qo‘llari nafaqat yig‘ilib qolgan suv hisobiga, balki yog‘ borligi sabab ham kattalashib ketgan. Yog‘ shishgan qo‘l hajmining 80 foizini tashkil qilgan. Liposaksiya o‘tkazilganidan keyin kompress bog‘lamlar ish berishni boshlagan. Endi qizcha qo‘lini yana ishlata oladi va oddiy kiyimlarni kiya oladi.
Izoh (0)