Bugun, 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Bugunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi, “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va bir qator boshqa qonunlar ko‘rib chiqildi.
Yalpi majlis ertaga o‘z ishini davom ettiradi. Unda Bosh vazir va Bosh vazir o‘rinbosarlariga parlament so‘rovlari yuborilishi kutilmoqda.
Daryo muxbiri majlisning birinchi kunidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)