Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga Sigway va skuter harakat vositalari ajratildi. Bu haqda boshqarma vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Boshqarmaga asosan xorijiy tillarni biladigan yigit-qizlar jamlangan bo‘lib, ularda fuqarolar va sayyohlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari to‘liq shakllantirilgan.
“Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan boshqarma ko‘chma punkti nafaqat xodimlarning qulay sharoitda xizmat olib borishlari, shu bilan birga, sayyohlarning ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari uchun ham qulaylik yaratmoqda.
Boshqarma tarkibida xizmat olib boruvchi xodimlarning alohida ajratib turuvchi belgi (atributika)ga ega ekanliklari ularni tezda tanib olish imkonini beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur boshqarma faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan beri xorijiy sayyohlarga nisbatan huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
Izoh (0)