2019-yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida birinchi uch egizak chaqaloqlar tug‘ildi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Har birining og‘irligi ikki kilogrammdan bo‘lgan egizaklar 19-fevral kuni tug‘ilgan bo‘lib, ular shifokor nazorati ostida bo‘lgan. Hozirda ular sog‘lom bo‘lib, tug‘ruqxonadan chiqarishga tayyorlanmoqda.
Ayol bundan besh yil avval ham o‘g‘il va qiz egizak farzandli bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, Ostonada uch egizaklar avval ham tug‘ilgan. Lekin 2018-yilda bunday hol kuzatilmagan. Ushbu egizaklar esa joriy yilda tug‘ilgan birinchi egizaklar bo‘ldi.
Izoh (0)