26-fevral, seshanba kuni Fransiya Kubogining chorak finali doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Dijon” klubini sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvda Anhel Di Mariyaning dubli (8 va 28-daqiqalar) hamda Tomas Menyening goli (76) parijliklarga g‘alaba keltirdi va klub musobaqaning yarim final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fransiya Kubogi
1/4 final bahsi
26-fevral, seshanba
PSJ—“Dijon” 3:0
Gollar: 1:0 — 8 Di Mariya, 2:0 — 28 Di Mariya, 3:0 — 76 MenyePSJ: Buffon, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Kerer, Di Mariya (Diabi, 82), Verratti, Draksler (Nkunku, 81), Paredes (Dagba, 82), Shupo-Moting, Menye.
“Dijon”: Runarsson, Lotoa, Agerd, Haddodiy, Kulibali, Amalfitano, Balmon, Kvon Chxan Hun (Sammaritano, 68), Sliti (Keyta, 77), Shafik, Tavaresh (Said, 78).
Ogohlantirishlar: Verratti (43), Kulibali (74).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)