Nukusdagi Savitskiy nomli san’at muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlov e’lon qilindi.
Bu lavozimga da’vogar nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar san’at tarixi, muzey ishi, arxeologiya va antropologiya yoki boshqa tegishli sohadagi ilmiy daraja, muzey, galereya yoki boshqa madaniyat muassasasida kamida 4 yil rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritganlik, ingliz tilini erkin darajada bilishdan iborat.
Da’vogarlar joriy yil 25-aprelga qadar rezyumelarini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga yuborishi mumkin. Boshlang‘ich bosqichdan o‘tgan nomzodlar 13-mayga qadar bu haqda xabardor qilinadi. Yuzma-yuz suhbatlar Nukusda 20-maydan boshlab bir hafta davomida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov g‘olibi 2019-yil 1-iyun kuni e’lon qilinadi. U bilan uch yillik shartnoma tuziladi.
Izoh (0)