Samarqandlik Sh.A. Rossiyaga borish uchun zarur tayyorgarlikni ko‘rdi, chipta sotib olib, so‘ng narsalarini joylashtirdi. Belgilangan vaqtda aeroportga kelib, chiptalarni rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida xodimning gapini eshitib, quloqlariga ishonmadi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.
O‘sha kuni uchib keta olmagan ayol darhol bu haqda ichki ishlar bo‘limiga xabar qiladi.
Chipta sotib olingan joy — Samarqand shahridagi Kaftarxona ko‘chasida bu paytga kelib aviakassaning izi ham yo‘q edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar vaqtincha joyni ijaraga olib, aviakassa sifatida birmuncha vaqt faoliyat ko‘rsatgan.
Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiyaga aviachipta sotishga ulgurgan.
Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Jabrlanuvchilarga pullarini qaytarish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)