Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vaznidagi o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ladi.
Nokautchi bokschi shu kungacha mashg‘ulotlarini mashhur Kronke zalida o‘tkazayotgandi. Shohjahon bu zal va unda ishlayotgan murabbiylari bilan xayrlashdi. Endi charm qo‘lqop ustasi afsonaviy murabbiy Freddi Rouch qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazadi. Rouch filippinlik Menni Pakyaoning 20 yillik murabbiyi hisoblanadi.
“Tez kunda Freddi Rouch bilan hamkorlikni boshlaymiz. Bu kelishuv deyarli hal bo‘lgan. Shu kungacha birgalikda ishlab kelgan va ringda ham yonimda bo‘lgan murabbiy Rik Filips bilan hamkorligimiz davom etadi”, — dedi Ergashev “Olamsport.com” saytiga bergan interyusida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)