Britaniyaning oltita OneWeb aloqa yo‘ldoshlari 27-fevral kuni Kuru kosmodromidan “Soyuz” raketa-tashuvchisi bilan uchiriladi. Bu haqda Arianespace kompaniyasi ijrochi direktori Stefan Israel ma’lum qildi.
“Tayyorgarlik tekshiruvi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tib, OneWeb’ning dastlabki olti yo‘ldoshining 27-fevral kuni uchirilishiga yo‘l ochadi”, — deb yozdi Israel Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘ldoshlarning uchirilishi bir necha bor kechiktirilgan edi. Kuni kecha OneWeb prezidenti Greg Uayler “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan Misrning EgyptSat-A sun’iy yo‘ldoshini uchirish vaqtida yuzaga kelgan nosozlik sabab OneWeb yo‘ldoshlarini belgilangan muddatda uchirib bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.
OneWeb loyihasi butun jahon bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet va aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun Yer orbitasida kichik kosmik yo‘ldoshlar tarmog‘ini tashkil etishni nazarda tutadi.
Izoh (0)