Italiyada Shimoliy Koreyaning vaqtincha Rimdagi elchisi vazifasini bajaruvchi Cho Son Giglning qizi KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlanishi haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda. Bu haqda ANSA xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2018-yil noyabrda 17 yoshli qiz o‘g‘irlab ketilgan. Keyin esa o‘z vataniga majburiy jo‘natib yuborilgan.
Cho Son Giglning qizi majburan Pxenyanga jo‘natib yuborilgan. Ayni shu oyda otasi ham qochib ketgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ketish haqida ariza yozgandan so‘ng uning o‘rniga boshqa odamni qo‘yishga qaror qilingan.
2016-yilda Janubiy Koreyaga qochib ketgan sobiq diplomat Txe Yon Xoning so‘zlariga ko‘ra, qiz ota-onasiga qo‘shilib ketishidan oldin uni vataniga jo‘natib yuborishgan.
“Choning nechta farzandi borligini aniq bilmayman. Lekin Italiyada qolgan bolasi aniq Shimoliy Koreyaga jo‘natilgan. Cho hozirda rafiqasi bilan birga”, — deydi sobiq diplomat.
Izoh (0)