Xiaomi kompaniyasi Xitoyda Xiaomi Mi 9 smartfonining taqdimotini o‘tkazdi, deb yozadi Spot.
Kutilganidek, smartfon old panelning 90,7 foiz maydonini egallagan 6,39 dyuymli Full HD+ AMOLED displey bilan jihozlandi. U 600nit yorqinlikka ega va Corning Gorilla Glass 6 himoya shishasi bilan qoplangan.
Qurilmaning ishlashini sakkiz yadroli 7 nm Qualcomm Snapdragon 855 protsessori bilan Adreno 640 videotezlatgichi ta’minlaydi.
Asosiy kamera uchtalik: birinchi sensor — 48 megapiksellik Sony IMX586 bo‘lib, maksimal diafragmasi F/1,75’ga teng. Ikkinchisi — 12 megapiksel (f/2.2 lik teleobyektiv qo‘llangan), uchinchisi esa keng burchakli obyektivga ega 16 megapiksel. Old kamera 20 megapiksel (displeydagi kichkina “o‘yiq” ichiga joylangan).
Bundan tashqari, qurilma 6 Gb operativ va 128 Gbayt ichki xotira, tezda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan (27-W) simsiz zaryadlash imkoniga ega 3300 mAh batareya, ekran osti barmoq izlari skaneri va maxsus MIUI 10 qobig‘idagi ОС Android 9 Pie’ga ega bo‘ldi.
Smartfon qiymati 446 dollardan boshlanadi. Shaffof qopqoqli versiya 595 dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)