Apple milliy valyutasi dollarga nisbatan kuchli qadrsizlangan mamlakatlarda iPhone’ning ba’zi modellari narxlarini pasaytiradi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga kora, kompaniya bu bozorlarning ba’zilarida makroiqtisodiy sharoitlarni baholab chiqqanidan keyin bunday qarorga kelgan.
Kukning aytishicha, mazkur mamlakatlarda iPhone’ning tegishli modellari narxlari o‘tgan yilgi narxlarga qaytariladi va bu mintaqada savdolarning oshishiga yordam berishi kutilmoqda.
Biroq Tim Kuk gap qaysi mamlakatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Kompaniya rahbarining ma’lum qilishicha, Turkiyada 2018—2019-moliyaviy yilda turk lirasining 33 foizlik devalvatsiyasi savdolarning 700 million dollarga qisqarishiga olib kelgan. O‘tgan yilning noyabr oyida Braziliya, Hindiston va Rossiyada ham shunday holat kuzatilayotgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)