Sanoqli kunlardan so‘ng Barselonada boshlanadigan MWC—2019 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda smartfon ishlab chiqaruvchi ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining yangi flagmanlarini namoyish etish etadi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” ma’lum qildi.
Yirik kompaniyalardan bo‘lmish Samsung unda Galaxy F modelini namoyish etishi kutilmoqda.
Avvalroq Samsung ko‘rgazmada Galaxy S10 flagmanlar turkumi taqdim etilishi taxmin qilingan edi. Biroq yaqinda kompaniya vakillari bu smartfon taqdimotining boshqa sana va joyini ma’lum qilgan. Yangi smartfon anonsi MWC ko‘rganmasidan bir necha kun oldin, 20-fevral kuni San-Fransiskoda o‘tkaziladi.
Ammo bu Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchilarga joriy qilgi ko‘rgazmada ishtirok etishiga halal bermaydi. Ehtimol, ular ommaga anchadan beri chiqishi kutilgan Galaxy F buklanuvchi smartfoni taqdim etishi mumkin. Fevral oyi boshida Samsung rasmiy kanalida ushbu smartfonning birinchi reklama videosi joylashtirilgan edi.
Bundan tashqari, Samsung MWC ko‘rgazmasida A qurilmalar turkumining yangilangan smartfonlarini namoyish etishi mumkin.
Izoh (0)