Xalqaro press-klubda O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish usulini joriy etishga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Anjumanda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 2025-yilga kelib mamlakatda 200 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
“Hech bir mamlakatda O‘zbekiston singari sug‘orish ishlari uchun byudjetdan 3-4 trillion so‘m mablag‘ sarflanmaydi”, dedi Sh.Hamroyev.
Izoh (0)