Prezident tomonidan 2019-yil 16-fevralda imzolangan qonunlar bilan O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga qo‘shildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston ushbu tashkilotning Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga ham qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, mazkur shartnomalar 1996-yil 20-dekabrda Jeneva shahrida (Shveysariya) tuzilgan.
Izoh (0)