O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida yana bitta qo‘shma korxona tuzildi. Bu haqda akademiyaning Navoiy viloyati bo‘limi axborot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi hamda Janubiy Koreyaning JongWoo Green So., LTD kompaniyasi ta’sischiligida Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yilning 15-fevralida yangi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE qo‘shma korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu qo‘shma korxonaning asosiy maqsadi Navoiy viloyati hamda qo‘shni Buxoro va Samarqand viloyatlarida innovatsion texnologiya bo‘lgan “Gidroponika” usulida tashkil etilgan issiqxonalarda ishlayotgan mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish hamda nazariy bilimlar bilanbir paytda uch gektarlik yangi issiqxonada qurilishi poydevoridanboshlab tayyor holgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olgan tajriba- amaliyotni birgalikda olib borishga yo‘naltirilgan o‘quv -tajriba markazini Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi negizida tashkil etishdir.
Janubiy Koreyaning JongWoo Green So., LTD kompaniyasi Seul universitetining agrofakulteti olimlari ishtirokida Navoiy shahrida hamdaissiqxonalar ko‘p bo‘lgan tumanlarda sayyor o‘quv jarayonlarini tashkil etib, har yili O‘zbekistonlik 10 ta iqtidorli agronom-mutaxassislarni Koreya davlatida JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE Qo‘shma korxonasi hisobidan bepul 3-6 oylik dasturlar asosida malakalarini oshirish hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarni Seul universitetidagi 2 yillik kurslarda o‘qitilishini tashkil etishni rejalashtirgan.
JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE Qo‘shma korxonasining Nizom jamg‘armasi 800 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi 25% ulush bilan o‘zining ilmiy-texnikaviy va intelektual salohiyati hamda Jamiyatni joylashtirish vato‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv xonalarini ajratishi bilan ishtirok etadi.
2019-yilning 15-fevral kuni Navoiy Viloyati hokimi Qobil Beknazarovich Tursunov, Janubiy Koreyaning JongWoo Green So., LTD kompaniyasi bosh direktori janob Baye Kyong Xo hamda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi rahbariyatini qabul qildi va yangi tuzilgan JONGWOO GREEN–NAVOIY SCIENCE Qo‘shma korxonasi xususan o‘quv - tajriba markazi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirib, samarali hamkorlikga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)