Shimoliy Koreya hukumati o‘zining yadro-raketa dasturini maxfiy tarzda rivojlantirishni davom ettirmoqda. Ballistik raketalarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish amalga oshirilmoqda, Yonbendagi yadro markazidan foydalanilmoqda. Bu haqda BMT maxsus komissiyasining 17-fevral kungi hisobotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hujjatda KXDR ballistik raketalarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish uchun fuqarolik obyektlari, jumladan, aeroportlardan foydalanayotganligi ta’kidlanadi. Bu maqsadda qo‘llanilayotgan barcha fuqarolik obyektlari avval Shimoliy Koreya raketalarining tarkibiy qismlarini ko‘chirish uchun foydalanilgan temiryo‘l va transport yo‘nalishlari yaqinida joylashgan.
Shuningdek, BMT komissiyasi o‘z hisobotida Pxenyan Yonbendagi yadro markazini rivojlantirish va undan foydalanishda davom etayotganligiga urg‘u beradi.
Izoh (0)