Moskva janubi-sharqida o‘n kishi ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” huquq-tartibot organlariga tayanib.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilari soni 10 kishi bo‘lgan, ularning barchasi o‘zbekistonliklar”, — dedi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, janjalga ishtirokchilardan biri boshqasining ukasini haqoratlagani sababchi bo‘lgan.
Mushtlashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jabrlandi.
Tergov qo‘mitasi vakili ma’lum qilishicha, janjal 17-fevral kuni Volgograd ko‘chasidagi bino yaqinida yuz bergan. Erkaklardan biri voqea joyida tez yordam yetib kelgunicha vafot etgan, ikkinchisi esa — kasalxonada. Uning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv maishiy sabab asosida, avvalroq avtomoyka majmuasi ishchilari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo tufayli kelib chiqqan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)