Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, O‘zbekiston tomoni ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida agrosanoat kompleksini rivojlantirishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

Fransiya tomoni O‘zbekiston vakillarini Parijda bo‘lib o‘tadigan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Sahnada Ravshan Namozov kuylaydi, deb joni uzildi”. Marhum xonandaning rafiqasi bilan uning 21 yillik “zapret”dagi hayoti hamda armonlari haqida suhbat
Dunyo
Gaitida gumanitar falokat e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston banklarida omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?