Qishloq xo‘jaligi vazirligida Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, O‘zbekiston tomoni ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida agrosanoat kompleksini rivojlantirishda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi.
Fransiya tomoni O‘zbekiston vakillarini Parijda bo‘lib o‘tadigan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Izoh (0)