Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazishni ko‘zda tutuvchi hukumatlararo kelishuv imzolanmagan. Rossiya Federatsiyasi Energiya vazirligi rahbari Aleksandr Novak 14-fevral kuni mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
2018-yilning kuz fasli oxirida Aleksandr Novak Rossiya hukumati 2019-yil boshiga qadar hukumatlararo kelishuvga erishilishiga umid qilayotganligini ma’lum qilgan edi.
“Transneft” kompaniyasi vitse-prezidenti Sergey Andronovning bayonotida Rossiyadan O‘zbekistonga xom ashyoni yetkazish uchun talab 2018-yilda 500 ming, 2019-yilda bir million tonna atrofida ekanligi ta’kidlangan edi.
O‘sha paytda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari lavozimini egallagan Alisher Sultonov o‘tgan yilning sentabrida 2018-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida million tonnagacha neftni import qilish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)