Gulnora Karimovaga nisbatan bosim o‘tkazilgani yo‘q, uning shifokorlar qabuliga erkin kirishi ta’minlangan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Gaplar hech qanday asosga ega emas, Gulnora Karimovaning oldiga har doim o‘zi so‘ragan shifokorlar erkin kirishi imkoni berilgan. Unga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani yo‘q”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
14-fevral kuni Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov “onasi bosim ostida qolib, gipertonik inqirozgacha olib borilgani, uning yoniga shifokorlar kirgizilmagani haqida Instagram-sahifasida xabar yozib qoldirgan edi.
Izoh (0)