“Daryo” tahririyatiga Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi Muhayyo Ilyosova yordam so‘rab murojaat qildi.
Yaxshi niyatlar bilan farzand tarbiyalab kelayotgan bu oilaga Alloh bir sinov bergan. Muhayyo Ilyosovaning 2015-yil 7-avgustda tug‘ilgan jigarbandi Imronjon Ibrohimovga shifokorlar tomonidan saraton kasalligining limfoma turi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda kimyoviy terapiya olib davolanmoqda.
“2018-yilning may oyining kunlarining birida farzandimni tobi qochib, tanasining butunlay qismida limfa bezlari ishib ketdi. Shu sababli turli klinikalardagi shifokorlarga murojaat qildik. Shifokorlar bizni kasalimiz emas deb, Respublika Onkogematologiyaga markazi klinikasiga borishimizni maslahat berdi.
Gematologiya markazida mutaxasislar o‘g‘limda kichik operatsiya o‘tkazishib , undan (biopsiya ) olishdi. Gistalogiya tekshiruvi natijasida o‘glimning boshida o‘sma borligi aniqlandi”, — deydi onasi.
Sog‘ayishi va aniqroq tashxis uchun Rossiyaning Moskva shahri Dima Ragachova tumanidagi joylashgan klinikaga borib davolanish muolajalarini olishi kerak. Oilasi uning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. Imkoniyati yetmayotganligi sababli yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.
“Hammani o‘z tashvishi bor, birovdan pul so‘raydigan zamon emas. Boshqa ilojimiz qolmadi va yahshi saxovatpesha insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Yaxshi niyatlarimiz amalga oshib, nasib etsa farzandim ham shifo topib ketar degan umiddamiz”, — deya so'ziga yakun yasadi umidlarini so‘ndirmagan, ilojsiz qolgan mushtipar ona.
Sarflanadigan xarajat kichik emas, ammo vaqt o‘tib bormoqda. Ayni vaqtda bu oila yaxshilar ko‘magiga muxtoj.
Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:
Plastik karta orqali: (Click, Payme)
Onasi Muhayyo Ilyosova nomiga ochilgan.
Mikrokredit bank: 8600 0504 4806 1244
Horijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari: Ilyosova Muhayyo
Pasport raqami: AA 0388735
Onasi Muhayyo Ilyosovaning telefon raqami: +99899 869 91 99
Izoh (0)