Humo Arena majmuasi joriy yilning bahorida ochilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi “Spot”.
Arena qurilishi 2017-yilning boshida boshlangan.
Dastlab ko‘p funksional muzlik majmuasi 2018-yilning uchinchi choragida, keyin 2018-yilning oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda ishlar 80-85 foizga bajarilib bo‘lingan, 4 mingga yaqin ishchi ishlamoqda.
Markaz 12 ming kishini sig‘dirish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu yerda qishki sport turlari bo‘yicha musobaqalar (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling), shuningdek, konsertlar, ko‘rgazmalar va forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Majmua 7 qavatdan iborat bo‘lib, ulardan biri yer ostida joylashgan.
Umumiy maydoni 82,2 ming kvadrat metrni, balandligi — 40 metrni tashkil qiladi.
Avtomobillar uchun to‘rt qavatli 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.
Qurilish ishlarini “Wind Rose” MChJ bajarmoqda.
Loyihaga Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 10 dan ortiq hamkor kompaniyalar jalb qilingan.
Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trillion so‘m bo‘lib, shundan 185 million AQSh dollari xorijiy investitsiyalardir.
Izoh (0)