Myunxen klubi Janubiy Koreya futbol federatsiyasi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
“Bavariya” futbolchilar hamda murabbiylar shug‘ullanishi uchun maxsus dasturlar ishlab chiqadi. Bular Janubiy Koreyada qo‘llaniladi. Shuningdek, shartnomaga qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari va tajriba almashish ishlari ham kiradi.
2018-yilning may oyida myunxenliklar Yaponiya futbol federatsiyasi bilan shunga o‘xshash kelishuvga erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)