“Real” himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya La Ligasining 23-turida “Atletiko”ga qarshi kechgan o‘yinda penaltidan gol urdi (3:1).

Foto: Twitter/@Squawka

Bu 32 yoshli ispaniyalik futbolchining joriy mavsum barcha musobaqalardagi 11-goli bo‘ldi.

Ramos faoliyati davomida ilk marta bitta mavsumda 11 ta gol urdi. Bu haqda Squawka xabar berdi.

2016/17-yilgi mavsumda uning hisobida barcha musobaqalarni hisoblaganda 10 ta gol mavjud edi.

Joriy mavsumda Ramosdan quyidagi hujumchilar ham kam gol kiritdi:

  • Paulo Dibala - 10
  • Alvaro Morata - 9
  • Romelu Lukaku - 9
  • Mario Manjukich - 9

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!