Pedro Sanches hukumatining Kataloniyaga nisbatan siyosatidan norozi bo‘lgan 45 ming kishi Madrid ko‘chalariga namoyishga chiqdi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “Ekonomika segodnya” xabar bermoqda.
Namoyish mahalliy vaqt bilan 12:00 da Kolon maydonida boshlandi. Norozilik aksiyasini mamlakatning asosiy muxolifatchi siyosiy kuchlari: Xalq partiyasi, shuningdek, “Fuqarolar” va “Voks” partiyalari qo‘llab-quvvatladi.
Namoyishga chiqqanlar “Yagona Ispaniya uchun. Hoziroq saylovlar” shiorlarini ilgari surdi. Ular Kataloniyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash to‘g‘risidagi referendumni nazarda tutmoqda. Hukumat bunday ovoz berishning o‘tkazilishiga hech qachon rozi bo‘lmasligini bir necha marta ma’lum qilgan.
Izoh (0)