4—7-fevral kunlari Toshkentda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlarning nufuzli delegatsiyalariga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahadov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Lyuk Devin boshchilik qildi.
Bitim loyihasi tuzilmasi bo‘yicha bir xil tushunchaga kelindi va uchta guruhga bo‘linib, hujjat loyihasining barcha bo‘limlari batafsil va konstruktiv ravishda muhokama qilindi va mumkin bo‘lgan o‘zaro maqbul qoidalar belgilandi.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, bitim loyihasining savdo qismi bo‘yicha ekspertlar uchrashuvlari O‘zbekistonning tegishli vazirliklari vakillari ishtirokida hafta oxiriga qadar davom etadi.
Bitim bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundini Bryusselda o‘tkazishga kelishib olindi.
Izoh (0)