6-fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabar asosida 37 yashar kollej direktori o‘rinbosari Ilhom T. qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U Shahnoza Yu.ga tanishlari orqali ukasining nomiga kollejni tugatganlik to‘g‘risidagi diplom to‘g‘irlab berishni va’da qilgandi. Direktor o‘rinbosari bu “xizmati” uchun 1500 AQSh dollari olayotganida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)