Fransiyaning L’Equipe nashri Yevropaning Top-5 chempionatlarida eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Eng ko‘p maosh oladigan futbolchi — “Barselona” hujumchisi Lionel Messi. Uning soliq to‘lovlarigacha bo‘lgan oylik maoshi oyiga 8,3 million yevroni tashkil etadi. 2-o‘rinni 4,7 million yevro bilan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallagan. 3-pog‘onani esa Antuan Grizmann 3,3 million yevro bilan band qilgan.
Yevropada eng ko‘p maosh oladigan 10 nafar futbolchi:
- Lionel Messi (“Barselona”) – oyiga 8,3 million yevro
- Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 4,7
- Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 3,3
- Neymar (PSJ) – 3,06
- Luis Suares (“Barselona”) – 2,9
- Garet Beyl (“Real”) – 2,5
- Filippe Koutinyo (“Barselona”) – 2,3
- Aleksis Sanches (“Manchester Yunayted”) – 2,28
- Kilian Mbappe (PSJ) – 1,73
- Mesut O‘zil (“Arsenal”) – 1,6
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)