Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-fevral, chorshanba kuni Ispaniya Kubogining 1/2 final uchrashuvi doirasida dastlabki to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Foto: Twitter/@realmadrid

Unda Ernesto Valverde boshqaruvidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida Santyago Solari qo‘l ostidagi “Real Madrid” klubi bilan musobaqa final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Bellashuvning 6-daqiqasidayoq Vinisius Junior—Karim Benzema uzatmasidan so‘ng Lukas Vaskes “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi (1:0).

2-bo‘limning 58-daqiqasiga kelib, kataloniyaliklar a’zosi Malkom Keylor Navas qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa musobaqa yarim finalining dastlabki uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi va g’olib nomi aniqlanmadi. Javob o‘yini 28-fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Kubogi

1/2 final bahsi

6-fevral, chorshanba

“Barselona”—“Real Madrid” 1:1

Gollar: 0:1 — 6 Vaskes, 1:1 — 57 Malkom

“Barselona”: ter Shtegen, Semedu, Pike, Rakitich (Vidal, 63), Buskets, Koutinyo (Messi, 64), Artur, Suares, Malkom (Alena, 76), Langle, Alba.

“Real Madrid”: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Lyorente (Kasemiro, 63), Kroos, Modrich, Vaskes (Asensio, 84), Benzema, Vinisius (Beyl, 64).

Ogoshlantirishlar: Ramos (10), Semedu (43), Suares (56), Alba (58), Vidal (88)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi