Xalqaro boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Unga ko‘ra, birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida jang qilayotgan bokschi Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oyda jang o‘tkazmagan bo‘lsa-da, o‘z o‘rnini saqlab qoldi (1-o‘rin) va jahon chempionligi kamari uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi.
Shuningdek, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (15 ta jang barchasida g‘alaba qozongan, 14 ta nokaut) 5-o‘rinni, Shahram G‘iyosov (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 15-o‘rinni egalladi. Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba) esa reytingda 9-o‘rindan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)